x

Rossiyalik millioner bloger Sergey Kosenko ijtimoiy tarmoqlarda “mashhur video” suratga olish maqsadida ikki oylik chaqalogʻini qor uyumiga uloqtirdi.

Deyarli 7 million obunachisiga ega Kosenko avvaliga oʻgʻli Leo ishtirokida video suratga olishini aytadi. Soʻng, “Leoning birinchi parvozi”, deb 2024-yil 7-yanvarda chaqaloqni uloqtirgan videosini sahifasiga joylaydi.

Uning bu videosi aksariyat obunachilarining eʼtiroziga sabab boʻlgan.

“Men hatto itlarimni ham shunday uloqtirmagan boʻlardim ... lekin kimdir oʻz chaqalogʻini qor uyumiga tashlayapti”, deb yozadi ulardan biri.

Boshqa biri esa:

“Mening 4 nafar farzandim bor, shifokorman.

Aytishim mumkinki, bu «qizil chiziq”. Agar u tirik bola boʻlsa, uni uloqtirib yuborish halokatli boʻlib, jiddiy bosh jarohati — miyasi chayqalgan chaqaloq sindromiga olib kelishi mumkin... Agar qor yuzga, burun va ogʻizga tushsa, nafas olish refleksli ravishda toʻxtab qolishi hech gap emas.

Qulash vaqtida bola jiddiy jarohat olishi ehtimoli bor. Bu bolalarga nisbatan shafqatsizlik va sogʻligʻiga qasddan zarar yetkazish (hech boʻlmaganda urinish), ularni xavf ostida qoldirishdir...», deb yozadi.

To Top ↑
To Top ↑