x

Jahon yangiliklari

Lvovning markaziy maydoniga 109 ta bo‘sh bolalar aravachasi qo‘yib ketildi. Shahar meriyasining ma'lum qilishicha, urush boshlangandan beri halok bo'lgan har bir bola uchun bittadan aravacha joylashtirilgan. Tarmoqdagi videolarda har bir aravacha ichiga ikkita o'yinchoq ayiqchalar qo'yilganini ko'rish mumkin. Shuningdek, markaziy maydondagi o'rindiqlarning birida Ukraina bayrog'ini ushlab turgan yosh qizcha ham o'ziga xos ramziy nimadir demoqchidek taassurot qoldirgan.

Mazkur aksiya urush fonidagi shafqatsiz jinoyatlariga e’tiborni qaratish va dunyo mamlakatlari aholisini hukumatlardan Ukraina osmonini yopishni talab qilishga chaqirish uchun mo‘ljallangan.

Ukraina Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, urushning 22-kuniga kelib 109 nafar ukrainalik bola halok bo‘lgan, 130 dan ortiq bola jarohatlangan.

To Top ↑
To Top ↑