x

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi fuqaro va uning ikki nafar farzandi bedarak yo‘qolganligi haqida xabarlar tarqaldi.

Farg‘ona viloyat prokuraturasining aniqlashicha, joriy yilning 21 fevral kuni fuqaro G.N. voyaga yetmagan farzandlari Sh.X. va I.X.lar bilan yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

So‘ngra, Katta Farg‘ona kanalining Bag‘dod tumanidan oqib o‘tgan qismidan voyaga yetmagan Sh.X.ning murdasi topilgan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holatda bedarak yo‘qolgan fuqarolarning qotillik qurboniga aylangan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, joriy yilning 4 mart kuni Jinoyat kodeksning 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlarini o‘tkazish bilan bir qatorda, bedarak yo‘qolgan G.N. va uning bir nafar farzandini topish yuzasidan barcha tezkor-qidiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

To Top ↑
To Top ↑