O`tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan abituriyentning tavsiyanomasi bu yil ham amal qiladimi?
Oila va xotin-qizlar qo`mitasi boshqarma boshlig`i O`g`iloy O`rozovaning ta'kidlashicha, o`tgan yili tavsiyanoma olgan, lekin OTMga kira olmagan talabgorning tavsiyanomasi joriy yilda ham amal qiladi.
Tavsiyanoma berilgan kundan boshlab uch yil muddat davomida faqat bir marta oliy ta'lim muassasasiga qabul qilinishi uchun amal qiladi.
Qayd etilishicha, har bir fuqaroning JShShIR – jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud bo`lib, bu raqam har bir fuqaroning pasportida yozilgan bo`ladi. Pasport yangisiga almashtirilganda ham, seriya va raqam o`zgarishi mumkin, ammo jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami o`zgarmaydi. O`tgan yili tavsiyanoma olib, OTMga kira olmagan talabgor xotin-qizlarning bugungi kunda familiyasi o`zgargan yoki pasporti almashgan bo`lsa ham oliy ta'lim muassasalariga hujjat topshirganda tavsiyanomadan hech qanday to`siqlarsiz foydalanishlari mumkin.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi