Grippga qarshi emlanish quyidagi holatlarda tavsiya etilmaydi:
– homiladorlikning birinchi uch oyligida;
– 6 oylikkacha bo`lgan go`daklarga;
– vaktsina tarkibidagi moddalarga allergiyasi bo`lganlarga.
Shuningdek, tana harorati ko`tarilganida, mavjud surunkali xastaliklar avj olgan mahal, og`ir kasalliklarda emlanish mumkin emas.
Mana bu holatlarda esa emlanish zarur hisoblanadi:
– 6 oydan oshgan go`daklar;
– keksalar (60 yoshdan oshganlar);
– yurak qon-tomir tizimi, o`pka va buyrakda surunkali xastaliklari bor bemorlar;
– immun tizimi sust, OITS bilan kasallanganlar;
– qandli diabet, bronxial astma, qon kasalliklariga chalinganlar.
Bu kabi bemorlarda gripp juda og`ir kechadi va og`ir asoratlar kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, oilada shu guruhga kiruvchilar bor bo`lsa ham emlanish tavsiya etiladi. Chunki gripp ular orqali salomatligida muammo bor yaqinlarga osongina yuqishi mumkin.
Bundan tashqari, ba'zi kasb egalariga ham grippga qarshi emlanish tavsiya etiladi. Bular: maktab va maktabgacha ta'lim muassasalari xodimlari, haydovchi va jamoat joylarida xizmat qiluvchilar, talabalar.
➡ Emlanishdan 2-3 kun avval antigistamin preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. Bu kelib chiqishi ehtimoli bor allergik reaktsiyani xavfini kamaytiradi.