Hamma bola har xil xarakter egasi bo`lishi tayin. Dunyo psixologlari bu borada ularlarni 4ta temperamentga ajratgan.
Holerik
U juda jahldor, o`ziga ishongan va shijoatli, bir zumda qaror qabul qiladi, shuning uchun g`oyalari juda qiziq. U har doim nima istayotganini biladi. Holerik bola juda harakatchan, uzoq kutishga toqat qilmaydi, kayfiyati keskin o`zgaradi.
Sangvinik
Bolakay quvnoq, kuchli va muvozanatli, bundan tashqari u “quyosh” kabi ko`pincha yaxshi kayfiyatda, izlanuvchan, faol. Sangvinik bolani juda tez kuldirish yoki biron bir arzimas narsadan qattiq xafa qilib qo`yish mumkin.
Flegmatik
Flegmatik bola – juda og`ir. Uni kuldirish yoki xafa qilish qiyin. Kichkina flegmatik hamma narsada tartibni yaxshi ko`radi. U faqat o`z idishidan ovqatlanadi, tengdoshlar orasida faqat o`z o`yinchog`i bilan o`ynaydi.
Melanxolik
Melanxolik bola nafaqat jim, balki mehribon, yumshoq, ishonchli va ochiq fe'l-atvor egasidir. U juda ta'sirchan, salga xafa bo`ladigan, hamma narsada ehtiyotkor. Melanxolik o`ziga ishonchsiz, uning o`zi qaror qabul qilishi juda qiyin.
Dilmurod TILOVOV tayyorladi