x

Bolalar kundan kunga o`sib borar ekan, bu holat kichkintoyda ma'lum bir o`zgarishlar bo`lishiga olib keladi. Quyida bolaning bir yoshgacha bo`lgan rivojlanish jarayonidagi o`zgarishlarni ko`rishingiz mumkin.

1-oylik - tur xil ovozlar chiqaradi,  oyoq-qo`llarda tartibsiz harakatlar

2-oylik - harakatdagi narsalarni kuzatadi, jilmayadi.

3-oylik - kuladi, gu-gulaydi, vertikal holatda boshini ushlaydi.

4-oylik - tovush kelgan tomonga boshini buradi, yaqinlar ovozini faqlaydi. O`yinchoqni ushlaydi, og`ziga olib boradi.

5-6-oylik - qo`lidan ushlasa yoki ba'zan mustaqil o`tiradi, chalqancha holatdan yonboshga yoki qorniga o`griladi, o`yinchoqlarni kuzatadi va ko`taradi.

7-8-oylik - mustaqil o`tira oladi, oyoqqa turishga harakat qiladi, onasiga va tanishlar qo`l cho`zadi va chapak chaladi, ma-ma, da-da deya oladi.

9-10-oylik - emaklaydi, tizzasiga tura oladi, kattalar yordamida oyoqqa turadi va ushlab yuradi, qoshiqdan ovqat eydi. Dada, mama so`zlarini ayta oladi

11-12-oylik - qo`lidan ushlasa o`zi yuradi, lekin ko`p yiqiladi, mustaqil ovqat eyishga harakat qiladi, ba'zi so`zlarni ayta oladi.

To Top ↑
To Top ↑