Duduqlanish bolalar orasida koʼp tarqalgan kasallik. Qattiq qoʼrqqandan duduqlana boshlaydigan bolalar haqida maʼlumot beradigan boʼlsak, bir yoshda gapira boshlagan bola uch yoshga yetmasdan ota-onaning qattiqqoʼlligi, qoʼrqitilishi yoki qorongʼi xonaga qamab qoʼyilishi (tarbiyalash uchun) sababli nutq ravonligini yoʼqotadi va duduqlanib gapira boshlaydi.
Eslatib oʼtamiz, bosh miyada nutq uchun javob beradigan 7 ta markaz bor. Bu markazlar 7 yoshgacha rivojlanib, shakllanib boradi. Shuning uchun ham duduqlanish 7 yoshgacha boʼlgan bolalarda koʼp uchraydi. Demak, shu yoshgacha boʼlgan bolalar bilan juda ehtiyot boʼlib muloqotda boʼlish, rivojlanib kelayotgan nutq markazlariga jiddiy ziyon yetkazadigan xatti-harakatlarga aslo yoʼl qoʼymaslik kerak.
Bolani kim davolaydi?
Аgar bolada qoʼrqish sababli duduqlanish rivojlangan boʼlsa, uni pedagog-psixolog va logoped koʼrikdan oʼtkazadi va davolaydi. Bolada nutq buzilishlari bosh miya kasalliklari (oligofreniya, bosh miya jarohatlari va hokazolar) sababli rivojlangan boʼlsa, uni nevropatolog (neyropsixolog) yoki tibbiy psixolog davolaydi.
Shuningdek, bunday tashxis qoʼyilganda logoped (defektolog) ham davolash jarayonida, albatta qatnashishi kerak. Chunki soʼzlarni toʼgʼri talaffuz qilishni faqat logoped oʼrgata oladi. Bolani maktab yoshiga yetmasdan davolash zarur. Аks holda unda boshqa ruhiy jarohatlar rivojlana boshlaydi.
Zarifboy IBODULLАEV,
Tibbiyot fanlari doktori, professor, neyropsixolog.