Bola barmog`ini og`ziga solib, so`ng lablarini yumib oladi-da, uni so`rish asnosida iyak va yanoqlarini engil harakatlantira boshlaydi. Bu holda u nafaqat qo`lidagi, balki oyog`idagi barmog`ini ham, yoki qo`lining bosh va ko`rsatkich barmoqlari orasini ham so`rishni odat qilib olishi mumkin. Barmoq so`rish odati yosh go`daklik davrida bolalarda ko`p uchraydigan oddiy odatlardan biridir. Ammo, agar bu odat olti yoshdan keyin ham davom etsa, u holda uning sabablarini qidirib, undan qutulishning samarali usullarini qidirish lozim. Boladagi bu instiktga ko`ra, bola undan tinchlanadi va orom oladi, shu bilan birga bola o`zini osoyishta va tinch his etishi mumkin. Bolaning och qolishi yoki emizish vaqti qisqa bo`lganidan to`ymay qolishi yoki unga faqat ma'lum vaqtda ovqat berish- bularning bari bolaga barmog`ini so`rib yurishga majbur qiladi va bu unga odat bo`lib qoladi. Bolaning hissiy va ruhiy ehtiyojlari qonmaganligi, jumladan, onasidan etarlicha mehr-muhabbat olmaganligi xam bunga sabab bo`lishi mumkin. Bu odat xavotirlanish, yolg`izlik va o`z xohish-irodalarini qondirish ehtiyojidan yuzaga kelgan holatga javoban reaktsiya hisoblanadi. Oiladagi keskin vaziyat, ota-ona orasidagi tez-tez ro`y beradigan janjallar ham bunga sabab bo`ladi. Barmoqni so`rish odatidan xolos bo`lish yo`llari:
1. Bolaning og`iz bo`shlig`iga mos keladigan maxsus tipdagi so`rgich berish, zotan bunday so`rgich bola tishlarining qiyshiq o`sishining oldini oladi.
2. Yetarli oziq-ovqat berish.
3. Bola o`zini himoyalangan sezishi uchun unga mehr-muhabbat ko`rsatish va o`pish orqali unga iliq his-tuyg`ular ifoda etish.
4. Bola barmog`ini so`rayotganda, asta-sekin va muloyimlik bilan barmog`ini uning og`zidan olib qo`yish. Uni jazolash, uyaltirish o`rniga, uning qo`llarini o`yinlar bilan band qilish.
5. Bolaning barmog`iga yoqimsiz ta'mli narsa surish.
6. Bola bu odatni qilmaganda, uni mukofotlash va maqtash.
7. Bola o`z ota-onasi e'tiborini jalb qilishga barmog`ini ishlatsin, agar ota-ona etarli e'tibor berishsa, bolani bu odatdan qaytarsa bo`ladi.