Choyning turiga qarab tarkibida har xil miqdorda kofein moddasi bo`ladi. Kofein yosh bolalarda uyqu buzilishi, bosh og`rig`i, asabiylik kabi salbiy holatlarni yuzaga keltirishi mumkin. 12 yoshgacha bo`lgan bolalarga kofeinning zararsiz dozasi yo`q.
Mutaxassislar 2 yoshdan oshgan bolalar uchun o`simlik choylari yaxshi tanlov ekanini ta'kidlaydilar. Masalan, yalpizli, moychechakli choylar. Kamdan-kam holatlarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Har qanday yoshdagi bolalar uchun eng sog`lom ichimlik bu – mevali choylardir. Hulosa qilib aytganda, bolalarga choy berishdan avval undagi kofein miqdorini inobatga olish lozim. (katta yoshdagi bolalar uchun choy xavfsiz hisoblanadi) Shuningdek, chaqaloqlarga choy bermagan ma'qul.