Tug‘ilgandan keyingi dastlabki 24 soat — bu chaqaloq hayotidagi noyob vaqt. Ular faqat atrofidagi dunyoni o‘rganishadi, tashqi hayotga moslashadi va ehtimol, emishni o‘rganadi.
Ushbu moslashish vaqtini iloji boricha xavfsiz qilish uchun mutaxassislar chaqaloqning birinchi hammomini kechiktirishni tavsiya qiladi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni, agar iloji bo‘lsa, birinchi 24 soat davomida cho‘miltirmaslikni tavsiya qiladi. Agar 24 soat imkon bo‘lmasa, JSST kamida olti soat kechiktirishni tavsiya qiladi. Amerika Pediatriya Akademiyasi (APA) ham ota-onalarga JSST tavsiyasiga muvofiq birinchi hammomni kechiktirishni tavsiya qiladi.
Farzandingiz tabiiy namlangan va antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lgan verniks deb ataladigan mumsimon qoplama bilan tug‘iladi. Garchi bu noto‘g‘ri tuyulishi mumkin bo‘lsa-da, birinchi hammomni kechiktirish chaqaloqning terisini yumshoq, sog‘lom va toza bo‘lib qolishiga imkon beradi.
Tug‘ilgandan so‘ng darhol cho‘milish ham tana haroratining pasayishiga va qondagi qand miqdorining kamayishiga olib kelishi mumkin.
Asilbek ERKINJONOV tayyorladi,
TDSI davolash ishi yo‘nalishi talabasi