x

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti kamharakatlilik oqibatida dunyo bo`yicha yiliga 5 million kishi hayotdan ko`z yumayotgani va kelgusida bu ko`rsatkichlar yanada oshishi mumkinligini e'lon qildi. Shu sababli tashkilot barcha aholi qatlami uchun jismoniy faollik bo`yicha yangi tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Unga ko`ra, 17 yoshgacha bo`lgan bolalar va o`smirlar kuniga kamida 60 daqiqa jismoniy faoliyat bilan shug`ullanishlari kerak. Bunda, avvalo, aerobik mashqlarga keng o`rin berilishi muhim. Qolaversa, velosiped haydash ham salomatlik uchun juda foydali ekanligi ta'kidlangan. Tayanch-harakat tizimini mustahkamlashga qaratilgan bunday mashqlar bilan haftada kamida uch marta shug`ullanish tavsiya etiladi. Turli sport o`yinlari, masalan, futbol, voleybol, basketbol o`ynash ham maqsadga muvofiqdir.

Bu yoshdagi o`g`il-qizlarda nofaol turmush tarzi oqibatida uyqu muddati qisqarishi ko`plab kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli internet saytlari, ijtimoiy tarmoqlar, gadjetlar, televizor va komp'yuterdan kamroq foydalanish tavsiya etiladi.

Jismoniy faollik yurak va nafas olish tizimini mustahkamlaydi va turli kasalliklarning oldini oladi. Hususan, doimiy mashqlar bajarib, sport bilan shug`ullanuvchi jismonan faol kishilar bu orqali o`z sog`liklarini asrashadi. Ma'lumotlarga ko`ra, jismoniy faollik:

  • ichak va buyrak faoliyatini yaxshilaydi;
  • suyak va bo`g`imlarning to`g`ri shakllanishi hamda mustahkamlanishiga yordam beradi;
  • tana vaznini me'yorda ushlaydi;
  • fikrlash va bilim olish faoliyatini kuchaytiradi;
  • intizom, iroda, uyushqoqlik, mehnatsevarlik kabi fazilatlarni shakllantiradi.

To Top ↑
To Top ↑