x

Odatda onalar yangi tugʼilgan chaqaloqlarining koʼp uxlashidan yoki aksincha, kam uxlab tinimsiz xarxasha qilishidan bezovta boʼlishadi. Baʼzan xavotirga ham tushishadi. Xoʼsh, oʼzi yangi tugʼilgan chaqaloqlar qancha uxlaydi?

Bir uxlashda kamida 35-40 daqiqa, koʼpi bilan 3-4 soat uxlashi mumkin. Oʼrta hisobda ular kunu tun mobaynida oʼrtacha 14-17 soat uxlayshi normal holat sanaladi.

АQSh mutaxassislari samarali va sogʼlom boʼlish uchun qancha uxlash kerakligi xususida izlanish olib borishdi. Tadqiqot doirasida dunyoning yetakchi olimlari yaʼni uyqu mutaxassislari, sogʼliqni saqlash sohasidagi nufuzli tashkilotlarning vakillari: nevrologlar, psixiatrlar, gerontologlar, pediatrlar orasidan tanlab olingan ekspertlar guruhi ish olib borishdi.

Tadqiqotchilar ikki yil davomida uyqu, uning tana va farovonlikka taʼsiri bilan bogʼliq ilmiy nashrlar va hisobotlarni diqqat bilan oʼrganib chiqishdi. Natijada, yoshga qarab dam olish davomiyligi boʼyicha yangilangan tavsiyalar paydo boʼldi:

Yangi tugʼilgan chaqaloqlar (0-3 oy) — 14-17 soat.

Chaqaloqlar (4-11 oy) — 12-15 soat.

Bolalar (1-2 yosh) — 11-14 soat.

Maktabgacha yoshdagi bolalar (3-5 yosh) — 10-13 soat.

Kichik maktab oʼquvchilari (6-13 yosh) — 9-11 soat.

Oʼsmirlar (14-17 yosh) — 8-10 soat.

Yoshlar (18-25 yosh) — 7-9 soat.

Baʼzan chaqaloqda tun va kun almashib qoladi. Bundan xavotir olish shart emas. Shu sabab chaqaloq kunduzi uxlaganida uning onasi ham uxlab olishi kerak. Аks holda tunda bolaga eʼtiborli boʼlishga kuchi yetmaydi. Charchagan onaning bolasi injiq boʼladi.

Chaqaloq juda koʼp uxlashidan uning yaqinlari zarar emasmi deb tashvishga tushishadi. Аgar chaqaloq:

jismonan va ruxan yaxshi rivojlanayotgan boʼlsa,

Unda biron noodatiy holatlar namoyon boʼlmayotgan boʼlsa,

Chaqaloq vaqtida va kerakligicha emayotgan boʼlsa,

Uning tagliklari muntazam ravishda xoʼl boʼlib, ichi muntazam ravishda kelayotgan boʼlsa koʼp uxlayotganidan tashvishlanmasangiz boʼladi.

To Top ↑
To Top ↑