x

Yangi tug`ilgan chaqaloqlar uyqusida injiqlik qilishi, yig`lashi ko`p uchrab turadi.

Chaqaloqlarning tanasi muntazam uyqu davriga moslashmagani uchun uyqusida tez-tez uyg`onishi yoki ingrab yig`lashi odatiy holdir.

 

Yangi tug`ilgan chaqaloqlar uchun yig`lash asosiy aloqa vositasi hisoblanadi. Shuning uchun chaqaloqlar tez-tez, hatto uyquda ham yig`lashlari asoslidir. Bunday hollarda chaqaloqda biror kasallik yoki og`riqning alomatlari bo`lmasa, bu normal holat.

 

Chaqaloqlar o`zlarini ifoda etishda turli usullar bilan harakat qilishadi. Masalan, uyqudagi yig`isini qorong`ulikdan qo`rqishi belgisi desak bo`ladi. Uyqudagi bola qimirlaganda yoki boshqa shovqinlar sabab qo`rqib yig`lashi ham mumkin. Bolalar ko`pincha yuzaki uyqu paytida yoki ko`p qo`zg`alganda tun qo`rquvi sabab yig`laydilar.

 

Ba'zi ota-onalar chaqalog`ining tunda yig`lashi ularning dahshatli tush ko`rishini anglatadi, deb xavotirda. Afsuski, bu hozircha javobi aniq bo`lmagan mavzudir. Qo`rqinchli tushlar yoki tungi qo`rquvlar aynan qaysi yoshda boshlanishi mumkinligini to`liq isbotlanmagan.

 

Tun qo`rquvi nisbatan kam uchraydi va odatda 4 yoshdan 12 yoshgacha bo`lgan bolalarda kuzatiladi, biroq, 18 oylikkacha chaqaloqlar tunda qo`rqib yig`lashlari mumkin. Bola kasal bo`lsa yoki uyqusi chala bo`lsa, tun qo`rquvi sodir bo`lish ehtimoli yuqori bo`ladi.

 

Tungi qo`rquvlar chuqur uyqu bosqichida sodir bo`ladi. Agar biron sababga ko`ra bu bosqich buzilgan bo`lsa, chaqalog`ingiz yig`lashi yoki hatto baqirishi mumkin.

Chaqalog`ingiz uyqusida bunday g`alayon qilayotganini bilmaydi va bu holatni uyg`onganidan so`ng eslay olmaydi.

 

To Top ↑
To Top ↑