x

Kichkintoyingiz oyoqqa turishidan oldin mushaklari kuchini bilishi va ularni muvofiqlashtira olishi kerak, bunda unga dastlab aylanib o`tirishni o`rganishi yordam beradi. Taxminan, olti oyligida farzandingiz sizning yordamingiz bilan o`tira oladi va etti yoki sakkiz oylikda u mustaqil ravishda qulay o`tira olishi mumkin. Bunday paytda siz bolani ohista tortib, uni qo`llab-quvvatlash orqali o`rnidan turishiga yordam berishingiz kerak. So`ng bola oyoq bosishi jarayonini maroq bilan tamosha qilishingiz mumkin.

Yetti oylikdan bir yoshgacha farzandingiz o`zini tortib olishga harakat qilishi kerak. U engil zarba bilan orqaga yiqilishidan (o`tirib qolishidan) oldin bir necha daqiqa davomida tik turishi mumkin.

Tug`ilgandan boshlab, farzandingiz oyoqlarini tegib turgan yuzaga mahkam biriktirib, «turish» uchun zarur bo`lgan reflekslarga ega bo`ladi. Agar siz yangi tug`ilgan chaqalog`ingizni tizzangizda tik tutsangiz, boshini tutishini qo`llab-quvvatlasangiz, u sizning oyog`ingizni muloyimlik bilan itarayotganligini his qilasiz.

Uch oyligiga kelib bu refleks o`zgaradi va chaqalog`ingiz oyoqlarining og`irligi yuzaga kela boshlaydi. Tabiiyki, farzandingiz bunday paytda tik turish uchun etarlicha kuchga ega emas, shuning uchun uni tik turgan holatida ushlab, oyoqlarini erga qo`ysangiz, u tizzasida turib qoladi. So`ng bir necha oy ichida bola o`z vaznini ko`tarish uchun kuchga ega bo`lib boradi va oyoqlarini qattiq yuzaga tekkizgan holatda ushlab turadi, hattoki, bunday paytda bola yuqoriga va pastga sakrashi mumkin. Farzandingiz olti oylik bo`lganda, agar siz uning tik turishi uchun yordam bersangiz, u o`z vaznini ko`tara oladi.

 

Yetti oylikdan o`n ikki oylikkacha bo`lgan davrda farzandingiz mebelni, xonadagi biror jismni ushlab tik turishga harakat qila boshlaydi. Yetti oylikkacha uning mushaklari tik turishi uchun etarlicha kuchga ega bo`ladi, lekin unda muvozanatni saqlash imkoni bo`lmaydi. Agar siz bolani divanning yoniga qo`ysangiz, u muvozanat saqlashda yordam sifatida divanning tutqichini ushlab, osilib qoladi. Bu uning dastlabki katta harakati hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑