— Hol odamning bo`yin yoki bosh kabi a'zolarida joylashgan bo`lsa, uni jarohatlanishdan ehtiyotlash lozim. Chunki bo`yinga har kuni kiyimlarning yoqasi tegib ishqalanadi. Boshda bo`lsa, sochni taraganda taroq tegib, jarohatlashi mumkin.
Bundan tashqari, quyosh nurida toblanish natijasida ham xollarning xususiyati o`zgarib, xavfli tus olishi ehtimoldan xoli emas.
Hollarni uyda mustaqil davolashga harakat qilish oqibatida ba'zan pigment to`qimasida paydo bo`ladigan xavfli o`sma — melanoma yuzaga kelishi mumkin. Unga har xil malhamlar surish, bilib-bilmay, turli usullarni qo`llash teriga zarar berish ehtimoli yuqori.
Hollar birdan paydo bo`lsa, qisqa vaqt ichida ko`paysa, yorilsa yoki usti dag`allashsa, rangi to`q bo`lib o`zgarsa, albatta onkolog mutaxassisga borish lozim.
Hol bezovta qila boshladimi, unga sira e'tiborsiz bo`lmaslik kerak. Chunki u yallig`lansa, yomon sifatli o`smaga aylanishi tezlashadi.
Onkolog ko`rigida bo`lish va mutaxassisning aniq tashxisiga asoslanib, tavsiyalarni o`z vaqtida bajarish zarur.
Agar xol oddiy shamollash yoki yallig`lanish tufayli paydo bo`lsa, u holda bemor kerakli shifokor huzuriga yuboriladi.