2-qism
Pedagogik e'tiborsizlik
Bu bola bilan umuman shug`ullanmaslikni anglatadi. Chaqaloq tug`ilganidan e'tiboran onasi va otasining, boshqa yaqinlarining muloyim so`zlari qurshovida bo`lishi kerak. Agar ona go`dakni to`ydirish va parvarishlash bilan cheklanib, u bilan muloqotni kam qilsa, gaplashilmasa qanday qilib nutq rivojlanishi mumkin? Bola bilan iloji boricha ko`proq gaplashish talab etiladi.
Oilada ikki tilda gaplashish
Bunday oiladagi bolalar ham ko`pincha tengdoshlaridan kech gapira boshlaydi. Buning oldini olish uchun bola tili chiqquncha u bilan bitta tilda, oson so`zlar bilan gaplashish lozim.
Stresslar
Noqulay ruhiy muhit. Afsuski stress nafaqat kattalar, balki bolalar ruhiyatiga ham salbiy ta'sir ko`rsatadi. Qattiq qo`rqish, oiladagi janjallar ham bola nutqining rivojlanishini kechiktirishi mumkin. Qattiq qo`rqish, ruhiy shikastlanish duduqlanishga va ruhiy rivojlanishdan kechikishga olib keladi. Bunday kechikish bolalar psixologi yordamida bartaraf etiladi.
Boladagi negatizm (qaysarlik)
Ba'zi ota-onalar tezroq gapirtirish uchun jiddiy kirishadi va farzandining «jahlini» chiqarishadi. Ayniqsa kichikligidan qaysar bolalar ularning bu qilig`i uchun ataylab gaplashmay qo`yadi. Shuning uchun zo`r berib bolani gapga solishga urinish ham yaxshi emas.