Agar bola gapirishga shoshilmayotgan bo`lsa, uning otasi yoki onasi bolaligida necha yoshdan so`zlay boshlaganiga qiziqish kerak. U jihat unga o`z ota-onasidan meros bo`lgandir.
Ayrim onalar bolam 3-4 yosh bo`ldi, hamon gapirmayapti, deb xavotirlanadi. Lekin mutaxassislarning aytishicha, hamma bolalar ham erta gapirmas ekan. Ba'zi bolalar (ko`pincha qizchalar) 1-2 yoshdan o`nlab so`zlarni burro aytadi. Ayrimlari esa ota-onalarni kuttirib, ancha vaqtgacha tilini qisib yuradi.
Kichkintoyning gapirishiga, xuddiki «katta bo`lishi»ga, ota-onalar shoshishadi va bola necha yoshda gapiradi, degan savollar ota-onalarning ko`pchiligini bezovta qila boshlaydi. Hattoki, bolaning gapirish vaqtiga etmasdanoq, gapirmayotganini kasallikka mengzash holati ham uchrab turadi.
Bolalarning tili chiqishi kechikishiga nimalar sababchi?
Bolalarda nutq rivojlanishdan ortda qolishiga bir qator jismoniy va ruhiy omillar sabab bo`ladi. Ulardan ba'zilarini mustaqil ravishda bartaraf etsa bo`ladi. Ayrim hollarda esa mutaxassisdan yordam so`rashga to`g`ri keladi. Bunda avvalo bolaning gapirishiga nima xalaqit berayotganini bilish juda muhim. Albatta, bunday muammoga duch kelinganda asosan malakali logoped-defektologlar yordam ko`rsatadi. Ota-ona bolani shifokorga olib kelganda ko`rik jarayonida nutq o`sishiga to`siq bo`layotgan sabab aniqlanadi va uni bartaraf qilish usullarini taklif etiladi. Bu muammoga quyidagilar sabab bo`lishi mumkin.