Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, yurtimizda onalar va bolalar, reproduktiv yoshdagi ayollar zarur dori vositalari bilan qo`shimcha ravishda bepul ta'minlanmoqda.
Unga ko`ra:
2023 yil respublika bo`yicha 6-23 oylik bo`lgan jami 1,2 mln. nafar bola mikronutriyent kukuni bilan bepul ta'minlanadi.
2-10 yoshdagi jami 6,3 mln. nafar bolalarga gel'mintoz profilaktikasi bo`yicha maxsus preparatlar beriladi.
Bundan tashqari, homilador va bola emizuvchi ayollar hamda 8,5 mln. nafar 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta'minlanadi.
5,9 mln.nafar 35 yoshgacha tug`ish yoshidagi ayollarga polivitamin, temir va foliy kislotasi preparati bepul tarqatiladi.
Eshitish qobiliyati past bo`lgan 250 nafar bolaga koxlear implant o`rnatiladi.
Spinal mushak atrofiyasi bor 112 nafar bolani davolash uchun 120 milliard so`mlik dori vositalari etkazib beriladi.