x

Ho`sh, ushbu xastalik nimasi bilan xavfli? Unga qarshi qo`llaniladigan vaktsinaning samaradorligi qanday?

— Halq orasida “tepki” deb ataladigan ushbu kasallik tibbiyotda epidemik parotit deb nomlanadi. Bu virusli infektsiya asosan bolalarda kuzatilib, og`iz va burun orqali qonga tushadi va organizmdagi bezlar (so`lak bezi, oshqozon osti bezi, tuxumlar va tuxumdon)ga shikast etkazadi. Qolaversa, markaziy asab tizimlarida yiringsiz yallig`lanish kuzatiladi. Hastalik tufayli eng ko`p quloq oldi so`lak bezi zararlanadi. Oqibatda u shishib ketadi.

Infektsiya bemor yo`talganda va aksa urganda havo-tomchi orqali hamda oshxona yoki gigiyenik anjomlardan foydalanish natijasida yuqadi. Tana haroratining ko`tarilishi, holsizlik, og`iz qurishi, et uvishishi va kuchli bosh og`riq ushbu xastalikning belgilari hisoblanadi.

Ushbu kasallik asoratlari bilan xavfli hisoblanadi. Eng yomoni, o`smirlik chog`ida tepkiga chalingan va noto`g`ri davolangan bolalar o`rtasida bepushtlik yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.

Afsuski, ba'zi ota-onalar yoshi katta yoki egizak farzand ko`rgan ayolning “tepki”si bolani bu darddan xalos etadi, deb o`ylaydi. Aslida esa bu “davo chorasi”ning hech qanday foydasi yo`q. Aksincha, ushbu kasallikning oldini olish, xususan, unga qarshi emlanish eng samarali usul hisobalanadi.

Emlash ikki bosqichda, ya'ni bola 1 va 6 yoshga to`lganida KPK vaktsinalari bilan amalga oshiriladi. Aytish kerakki, tepkiga qarshi vositaning samaradorligi birinchi dozasi yuborilganda qariyb 90 foizga teng.

Ba'zan emlanganda no'jo`ya ta'sirlar engil ko`rinishda kuzatiladi. Ya'ni, in'ektsiya joyida kuchsiz og`riq, sezilar-sezilmas shish va biroz tana harorati ko`tarilishi mumkin.Eng muhimi, bu amaliyot o`z vaqtida va to`g`ri bajarilsa, kichkintoyning xastalikka chalinish xavfi keskin pasayadi.

 

To Top ↑
To Top ↑