x

Avvalo, nafas a'zolari kasalliklari bilan kasallangan bolalarni ota-onalar maktabgacha ta'lim muassasalariga va maktablarga yubormasliklari lozim, chunki engil kasallangan bo`lsa ham ular yuqumli hisoblanadilar. Bunday holatlarda bola nafaqat o`zini, balki yon atrofidagi insonlar va tengdoshlarini ham kasallikdan himoya qilishi lozim.

Ilmiy tekshiruvlar shuni ko`rsatadiki, bolalar 17 foiz adenovirus tashuvchi va 18 foiz mikoplazma tashuvchi bo`lib hisoblanadi.

Bola kasallangan davrda ko`proq suyuqlik ichishi, yaxshi ovqatlanishi, doimiy himoyalovchi niqobda yurishi, gigiyenik qonun qoidalarga rioya qilishi, qo`lni sovunlab yuvishi yoki antiseptik vositalar bilan qo`lni muntazam ravishda dezinfektsiya qilishi, umumiy idish-tovoqlardan foydalanmaslik, yo`talganda yoki aksa urganda og`iz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishi, odam ko`p va gavjum bo`lgan joylarga bormasligi kerak.

To Top ↑
To Top ↑