O`zbekistonda bolalarda o`pka kasalliklarini ko`payishiga bir necha omillar sabab bo`lmoqda. Birinchidan, havo-tomchi yo`li bilan yuqadigan virusli infektsiyalar ko`paygan vaqtda bolani shaxsiy gigiyena qoidalariga to`liq rioya qilmasligi, himoyalovchi vositalarni to`g`ri ishlatmasligi.
Ota-onalar tomonidan farzandini uyda to`g`ri davolamasligi, kasal bo`lsa ham bog`cha, maktablarga yuborib boshqa sog`lom bolalarga infektsiyani yuqtirishi, bolada surunkali infektsiya o`choqlarini vaqtida bartaraf etmasligi, to`g`ri ovqatlantirmaslik, bolaning ruhiy zo`riqishi, chiniqmaslik, kam harakatlilik, uzoq vaqt yopiq xonalarda o`tirishi va virusli kasalliklar epidemiyasi vaqtida vaktsinatsiya qilinmasligi kasallanishning ko`payish sabablaridan.
Bu holatni oldini olish uchun ota-onalar farzandiga shaxsiy gigiyena qoidalarini o`rgatib, himoyalovchi vositalar bilan ta'minlab, ularni qo`llashni ham o`rgatishi kerak. To`g`ri ovqatlantirish, chiniqtirish, haraktlarini ko`paytirish va o`z vaqtida vaktsinatsiya ishlarini olib borish zarur.