x

Kuz fasli yig`im-terim fasli bo`lishiga qaramay, aksariyat mevalar, sabzavotlar va poliz ekanlari yoz jarimasida pishib, etiladi. Shu sabab ayni issiq kunlarda oqar suvga solib qo`yilgan tarvuzni oila davrasida tanavvul qilishga nima etsin? Ammo... Ba'zida bolalarga tunda bexalovat bo`ladi deb, ba'zida esa boshqa sabablar bilan tarvuzni kamroq eyish tavsiya etiladi. Aniqrog`i bola maktab yoshiga etguniga qadar quyidagi ba'zi me'yorlarga amal qilish lozim.

— 1 yoshgacha bo`lgan bolalarga tarvuz berilmaydi.

— 1 yoshdan 2 yoshgacha bolalarga sutkasiga 50 g.

— 2 yoshdan 3 yoshgacha bolalarga sutkasiga 100 g.

— 3 yoshdan 5 yoshgacha bolalarga sutkasiga 150 tarvuz berish mumkin.

Albatta, bu miqdorda tarvuzni har safar tarozida o`lchab berishning imkoni yo`q. Barra tarvuz bo`lsa, yangi so`yilgan vaqtda ko`proq edirsa ham bo`ladi. Faqat mumkin ekan deb ko`p berib yuborish kerak emas! Axir, shakarning ham ozi shirin deyishadi-ku.

To Top ↑
To Top ↑