x

Bolaning bo`yi o`smay qolishida eng ko`p uchraydigan holat genetik omil, qolaversa, etarli vitamin-minerallar qabul qilmaslik, yoshligidan kuchli ruhiy va jismoniy zo`riqishga uchrashi ham bolaning bo`yi past bo`lib qolishiga sabab bo`ladi. 

Insonning bo`y uzunligi somatotropin gormoniga bog`liq, bu gormon bosh miyada joylashgan gipofiz bezida ishlab chiqariladi. Ushbu gormon etarlicha ajralmasa ham bo`y o`sishi sekinlashadi. Bundan tashqari, qalqonsimon bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar faoliyatidagi nuqsonlar ham bo`y o`sishiga ta'sir qiladi.

Bola etarlicha vitamin va minerallar qabul qilsa, lekin hazm a'zolari tomonidan sog`lom o`zlashtirilmasa, bu ham bolaning o`sish va rivojlanishdan orqada qolishiga sabab bo`ladi. 

Agar farzandingizning bo`yi tengdoshlariga nisbatan pastligini sezsangiz, endokrinolog shifokorga murojaat qiling!

To Top ↑
To Top ↑