x

Shifokorlar yo`tal kasallik emas, balki kasallik belgisi ekanligini ta'kidlashadi. Shu sababli bola yo`talganida asosiy kasallikni aniqlash va o`sha kasallikni davolash zarur. 

Ma'lumki, yo`tal 2 xil: quruq va nam bo`ladi. Bundan tashqari, allergik holatlarda ham yo`tal kuzatiladi. Bunda allergolog tomonidan davo muolajalari qo`llaniladi.

Nafas yo`llari kasalliklarida organizm yo`tal orqali hosil bo`lgan balg`amni tashqariga chiqaradi. Shu sababli yo`talni shifokor maslahatisiz to`xtatishga harakat qilish tavsiya qilinmaydi. Bu hosil bo`layotgan balg`amning bronxlarda yig`ilishiga va turli asoratlarga sabab bo`lishi mumkin. Kasallikni davolash vaqtida yo`tal ham sekin-asta kamayib boradi.

Uy sharoitida shifokor tavsiyalari bilan birgalikda tabiiy mahsulotlar ham tavsiya etiladi. Bunda sut, sabzi sharbati, turp va asal aralashmasi, dimlangan qovoq, malinali choy foydali hisoblanadi.

To Top ↑
To Top ↑