x

Aksariyat kasalliklar singari g`ilaylik ham tug`ma va orttirilgan bo`lishi mumkin.
Orttirilgan g`ilaylik kelib chiqishiga turli ko`z kasalliklari, stress, psixik jarohatlar (qo`rquv), markaziy nerv sistemasi kasalliklari, o`smalar, yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar, bolalar infektsion kasalliklari sabab bo`ladi. G`ilaylikni davolash uchun kasallikning turiga va bemorning ahvoliga qarab ko`zoynaklar, kontakt linzalar yoki jarrohlik usuli tavsiya etiladi. 
G`ilaylikning oldini olish uchun bolalarni oftal'molog ko`rigiga muntazam olib borish, ko`zda o`zgarishlar sezilsa yoki shikoyatlar paydo bo`lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qilish lozim. Bundan tashqari ko`zni zo`riqishlardan asrash, infektsiyalarni erta aniqlash va davolash, bosh suyagi jarohatlaridan asrash lozim. 

Shuningdek, tug`ma g`ilaylikni oldini olish uchun homiladorlik vaqtida ham salbiy ta'sir qiluvchi vositalardan uzoq bo`lish zarur.

Shifokor tavsiyasi asosida tayyorlandi

To Top ↑
To Top ↑