Ayrim hollarda bolalarning og`iz bo`shlig`ida oq toshmalar toshishi kuzatiladi. Chaqaloqlarda bu holat ko`p uchraydi, chunki bu yoshda bolalar og`ziga har xil narsalarni soladi. Tibbiyotda bu kasallik stomatit deb ataladi. Ya'ni bu og`iz bo`shlig`ining shilliq pardalarida (lablar, til, yonoqlarning ichki yuzasi, tish go`shti) yallig`lanish jarayoni bilan kechadigan kasallik hisoblanadi. Bunday paytda bolada quyidagi shikoyatlar kuzatiladi:
– og`riq;
– achishish;
– shish;
– og`iz bo`shlig`ining qizarishi;
– og`izdan noxush hid kelishi;
– ko`p so`lak ajralishi;
– oq toshmalarning paydo bo`lishi;
– tana haroratining ko`tarilishi.
Kasallik quyidagi sabablar natijasida yuzaga kelishi mumkin:
– og`iz bo`shlig`iga infektsiya, bakteriyalar tushishi;
– travmatik holat;
– oshqozon ichak faoliyatining buzilishi.
Kasallikning bir nechta turlari mavjud bo`lib, davolash uchun pediatr va stomatolog ko`rigidan o`tish tavsiya etiladi.