x

Los-Anjeles va Manhettenda 9—11 yoshli maktab bolalari o`rtasida tadqiqot o`tkazildi. Unga ko`ra, bolalardan siydik namunalari olingan. Ma'lum bo`lishicha, bolalarning deyarli uchdan ikki qismi maktabga suvsizlangan holatda keladi va aynan shu qismida darslarga ulgurish, diqqat, qabul qilish darajasi pastligi aniqlangan.

Siz ham sinov tariqasida snfxonada tajriba o`tkazib ko`ring. Bir guruh maktab o`quvchilarini taxminiy taqsimlab, yarmiga bir piyola/stakan suv ichishni buyuring, boshqa yarmiga esa ichishni ta'qiqlang. Taxmin qilingchi, testdan kim yaxshiroq ball oladi? Albatta suv ichganlar.

Tadqiqotchilarning fikriga ko`ra, natijalar shuni ko`rsatadiki "Hattoki, engil suvsizlangan bolalar ham suv ichishni ko`paytirishdan foyda olishlari va aqliy faoliyatini yaxshilashlari mumkin".

Maktab, o`qish yoki repetitorga ketayotganda suv ichishga odatlaning va bolalarni odatlantiring!

To Top ↑
To Top ↑