x

 Issiq kunlarda bolaning quyosh nuri ostida ko`p vaqt bo`lishi tavsiya etilmaydi. 

 Olimlarning fikricha, soat 11:00 dan 16:00 gacha bo`lgan quyosh nurlari organizmga salbiy ta'sir ko`rsatadi. Ushbu vaqt oralig`ida bolalar ko`chada bo`lmasliklari lozim.

Bolalarni issiq kunlarda tez-tez yuvintirib turish kerak.

Bola kiyimining matosi tabiiy matolardan bo`lishi kerak. Sintetik matolar bolani yanada ko`proq terlatib, bezovta qilishi mumkin.

Kun davomida ko`proq suyuqlik  berish lozim.

Bolaning oyoq kiyimiga ham e'tibor bering. Bola oyoq kiyimi qulay va engil bo`lishi lozim.

Yosh bolalarga quyosh nurlariga qarshi ko`zoynaklar olib bermaslik tavsiya etiladi. Qora ko`zoynaklarda bola ko`z qorachig`i kengayadi va quyosh nurlari ko`proq ta'sir ko`rsatadi. Chunki bu ko`zoynaklarning aksariyati o`yinchoq bo`lib, quyosh nurlaridan himoya qilmaydi.

Shifokor Hilola Jumayeva

To Top ↑
To Top ↑