Ko‘pchilik ota-onalar chaqaloqlarni qitiqlashadi. Chunki, ko‘pchilik buni ular bilan o‘ynash va kuldirishning oson yo‘li deb o‘ylaydi. Biroq mutaxassislar yangi tug‘ilgan chaqaloqni qitiqlash juda xavfli bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.
Shifokorning aytishicha, chaqaloq qitiqlanganda nazoratsiz holda kulishni boshlaydi. Bunda esa oshqozon va ko‘krak mushaklari qisqarib-bo‘shashadi. Ushbu holat go‘daklarda hiqichoq yoki nafas olish buzilishiga olib kelishi mumkin.
Qitiqlash bolaning tanasiga ko‘p jihatdan ta’sir qiladi. Agar u qattiq qitiqlansa, tananing o‘sha qismida og‘riq, noqulaylik va hatto jarohat olish xavfi yuqori. Bunda chaqaloqlar noqulaylikni his etadi hamda ular o‘zlariga nima yoqayotgani yoki aksini ifoda eta olishmaydi.
Qattiq qitiqlash ko‘krak va oshqozonda og‘riqni yuzaga keltiradi. Bu holatda vujudga keladigan kulgi tufayli tabiiy ravishda nafas olish qiyinlashadi. Demak, mazkur holat bolalarda foydadan ko‘ra ko‘proq zararga xizmat qilishi mumkin ekan.
Bundan tashqari, yuqorida tilga olingan qattiq qitiqlash davomiy ravishda sodir bo‘lsa asfiksiya, miya anevrizmasi yoki boshqa stress bilan bog‘liq jarohatlar hattoki o‘limgacha olib borishi mumkin. Shuning uchun, mutaxassislar ta’kidlaganidek, hech qanday muammo bo‘lmasligiga ishonch hosil qilish uchun chaqaloqlarni qitiqlamay qo‘yganingiz yaxshiroq.