x

Bolaning yoshiga nisbatan olinadigan bo’y va vazn ko’rsatkichi uning sog’ligida muhim ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, vazn va bo’yning bir-biriga mos kelishi ham e’tiborga molik jihatlardan biri.  Uni normada ushlab turish, doimiy nazorat qilish bolaning kelajakda har tomonlama mukammal, salomat bo’lib yetishishiga xizmat qiladi. Quyida, Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan e’lon qilingan, bolaning yoshiga nisbatan bo’y va vazn normalarini keltiramiz. 

O’g’il bolalar uchun:

1 oylik – 4,4 kg – 54,8 sm
6 oylik – 7,94 kg – 67,5 sm
1 yosh – 9,66 kg – 75,7 sm
2 yosh - 12,47 kg – 86,8 sm
3-yosh - 14,06 kg – 95,2 sm
4-yosh - 16,33 kg - 102,3 sm
5-yosh - 18,37 kg - 109,2 sm
6-yosh - 20,64 kg - 115,5 sm
7-yosh - 22,9 kg - 121,9 sm
8-yosh - 25,63 kg – 128 sm
9-yosh - 28,58 kg - 133,3 sm
10-yosh - 32 kg - 138,4 sm
11-yosh – 35,6 kg - 143,5 sm
12-yosh – 39,92 kg - 149,1 sm


Qiz bolalar uchun:

1 oylik – 4,35 kg – 53,8 sm
6 oylik – 7,53 kg – 64,1 sm
1 yosh – 9,25 kg – 74,1 sm
2 yosh - 12,02 kg – 85,5 sm
3-yosh - 14,29 kg - 94 sm
4-yosh - 15,42 kg - 100,3 sm
5-yosh - 17,92 kg - 107,9 sm
6-yosh - 19,96 kg - 115,5 sm
7-yosh - 22,45 kg - 121,1 sm
8-yosh - 25,85 kg - 128,2 sm
9-yosh - 28,12 kg - 133,3 sm
10-yosh - 31,98 kg - 138,4 sm
11-yosh - 36,97 kg - 144 sm
12-yosh - 41,5 kg - 149,8 sm

Ushbu normalar o’rta hisobda tuzilgan bo’lib, turli sabablarga ko’ra o’zgarib turishi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑