Yaqinda saytimiz kuzatuvchilaridan biri 8 oylik chaqalog`ining vazni nisbatan engil ekanligilan (7 kg) xavotir olib murojaat qildi.
Shifokorlarning ta'kidlashicha, bolalarning bo`yi hamda vazn o`zgarishlari tug`ilgandagi vazn va bo`y ko`rsatkichlariga qarab aniqlanadi. Vazn va bo`yning har oyda o`sishi kerak bo`lgan ko`rsatkichlar quyidagicha:
Vazn Bo`y
1. 600 gr. 3 sm
2. 800 gr. 3 sm
3. 800 gr. 2,5 sm
4. 750 gr. 2,5 sm
5. 700 gr. 2 sm
6. 650 gr. 2 sm
7. 600 gr. 2 sm
8. 550 gr. 2 sm
9. 500 gr. 1,5 sm
10. 450 gr. 1,5 sm
11. 400 gr. 1,5 sm
12. 350 gr. 1,5 sm
Bu sonlarni bolani tug`ilgandagi bo`y va vazn ko`rsatkichlariga har oylik qo`shib aniqlash mumkin. Masalan, 7 oylik bola tug`ilganda 3500 gr va 50 sm bo`lgan. Demak, bu bola 7 oylik bo`lganda o`rtacha 8400 gr va 67 sm bo`lishi kerak. Bu raqamlar mutlaqo to`g`ri kelishi shart degan xulosaga bormaslikni tavsiya qilgan bo`lardik. Chunki bu umumiy statistika va tahlillarga nisbatan olingan bo`lib, ayrim bolalar bundan biroz pastroq bo`y va kamroq vaznga, ayrimlari esa aksincha bo`lishi mumkin. Agarda farzandingizning bo`y va vazni sizni xavotirga solsa, mutaxassisga murojaat qilib, aniqlik kiritib olganingiz ma'qul.