x

Tirnoq va uning atrofini tishlash holati tibbiyotda onixofagiya deb ataladi. Soha mutaxassislarining ta'kidlashicha, bu odat ko`proq psixologik holatlar bilan bog`liq bo`ladi va stress, tashvish yoki qattiq tushkunlik paytida kuzatiladi. Buning sababini esa chuqur kuzatuv orqali aniqlash mumkin. 

Hususan, bola ko`pchilikning oldiga chiqishdan avval tirnoqlarini tishlay boshlasa, buning sababi odamlarga nisbatan biroz qo`rquv bo`lishi mumkin. Bu holat oilaga yangi chaqaloqning kelishi natijasida e'tiborning kamayishi sababli ham kuzatilishi bildiriladi.

Bundan tashqari, bolalar asosan avtomatik tarzda, o`zining xatti-harakatidan bexabar bu ishni amalga oshiradi. Bolalarni ushbu odatdan tanbeh berib qaytarib bo`lmaydi. Muammoni bartaraf etish uchun qo`llarni o`yinchoqlar bilan band qilish lozim. Hammasidan ham foydalisi – ota-ona mehri va e'tiboridir. Zero, aksariyat salbiy hodisalar sababi bolaning salomatligi va mashg`ulotlariga e'tiborsizlik oqibatida kelib chiqishini unutmaslik lozim.

To Top ↑
To Top ↑