Sog’lom bolaning o’sib-ulg’ayishi va o’sishning tugallashi organizmni irsiy jihatlariga bog’liq bo’lishi bilan birga tashqi muhit omillarining o’zaro ta’siri jarayonlarida amalga oshadi. Genotip belgilaydigan o’sish va rivojlanish jarayonining tezligi va chegaralarini rostlab turishda organizmning ichki sekretsiya bezlari ishlab chiqadigan maxsus kimyoviy birikmalar – gormonlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
Ota –ona bo’yining uzunligini qo’shib, natijani ikkiga bo’linsa bolaning oxirida yetishadigan o’rtacha bo’yi uzunligi kelib chiqadi. Bo’linmaga besh santimetrni qo’shilsa o’g’il bolaning, 5 santimetr ayrib tashlansa qiz bolaning katta bo’lgandagi so’nggi bo’y uzunligi aniqlanadi.
Agar ota- onaning bo’yi deyarli bir xil bo’lsa, ya’ni bo’ylardagi farq oz bo’lsa, bolaning oxirgi taxminiy bo’yi uzunliga haqiqatga yaqin bo’ladi.
Bolalarning pakana bo’lib qolishlariga ovqatdagi oqsillar, vitaminlar, mineral moddalaryetishmasligi, ichki sekretsiya bezlari kasalliklari(gipofizar pakanalik, qandli diabed, qalqonsimon bez faoliyatining susayishi, faqat o’sish garmonini yetishmasligi), xromosomalar va genetic omilli kasalliklar(Daun kasalligi, Shersheviskiy Terner sindromi) surunkali va og’ir kechuvchi kasalliklar(markaziy nerv sistemasi kasalliklari, tug’ma va ortirilgan yurak illatlari, nafas a’zolari, buyrak kasalliklari) sabab bo’ladi.
Embriofetopatiya – bolaning ona qornida yuqumli kasalliklarga chalinishi(qizilcha, sitomegaliya, zaxarlanishi, to’qimalarda kislorod kamashyishi) ham bu xastalikni keltirib chiqaradi. Ruxiy omillar tufayli, bola rivojlanishdan orqada qolishi mumkin. Ba’zan odamlarda gipotalomo – gipofizar pakanalik(gipofiz bezining oldingi bo’lagida ishlab chiqariladigan o’sish gormonini yetishmasligi) tufayli shifokorga murojaat qilishadi. Asosan o’g’il bolalar bo’yining 130 sm.dan, qiz bolalar bo’yining 120 sm.dan past bo’lishi ham pakanalikdir. Gipofizar pakana bolalar odatda tug’ilganida bo’yi va vazni jihatidan soglom bolalardan farq qilmaydi. Jismoniy orqada qolish bola 2-3 yoshga kirganida sezila boshlaydi. Bolaning bo’yi o’smayotgani bilinib qolsa, uni tezda shifokorga olib boorish kerak, chunki unda o’sish gormoni normada yoki normadan kamligini aniqlash lozim.
Gipofizar pakanalikda bolaning tanasi va qo’l oyoqlari mutanosib ravishda kichrayib, muskullari zaif rivojlanadi. Skeletning suyaklanishi va shakllanishi kechikishi, tishlarning rivojlanishi va almashishining buzulishi bu kasallik uchun xosdir. Bemor bolalarda “suyak yoshi” tug’ilgan yildan ancha ortda qoladi. Gipofizar pakanalikda boshqa ichki sekretsiya bezlari(qalqonsimon bez, jinsiy bezlar, buyrak usti bezlari) faoliyati pasaygan bo’ladi. O’gil bolalar ko’pincha jismoniy va jinsiy jihatdan yetilishda orqada qoladilar. Bu irsiy tabiatga ega bo’lishi ham mumkin. Bunday bolalarning vazni va bo’yida nuqson bo’lmaydi.
Bugungi tibbiyotda pakanalikni davosi bor. Buning uchun o’sish davrini o’tkazib yubormasdan mutaxassisga murojaat etish zarur. Balog’atga yetishning kechikishi 15-16 yoshdan boshlanadi, bo’yning cho’zilishi uch-to’rt yilga kechikadi. Shuning uchun bunday bolalar 12-15 yoshlarda unchalik o’smaydilar. Biroq balog’atga yetish boshlanishi bilan o’sish tenglashib tengqurlariga yetib oladilar.