Homila vazni 4000 gr.dan ortiq bo‘lishi tibbiyotda makrosomiya deb ataladi. Odatda 4500 grammdan ortiq vazn bilan tug‘ilgan chaqaloqlarda tug‘uruq og‘ir o‘tishi va tug‘uruq jarohatlarning yuzaga kelish xavfi mavjud. Ushbu jarohatlar kelgusida bolada nevrologik kasalliklar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Qolaversa, homiladorlikning oxirgi davrlarida yo‘ldosh va homila ehtiyojlari orasidagi farqning kattalashib ketishi yo‘ldosh yetishmovchiligi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Asosan bo‘lajak ona qandli diabetga chalingan yoki o‘zi ham ortiqcha vaznli bo‘lganda yog‘ va uglevodli mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish, oqsil yetishmasligi yuzaga kelganda, homiladorlik davomliligi cho‘zilib ketganda homilaning vazni kattalashib ketadi.
Ko‘pincha tug‘uruq asoratlarsiz o‘tadi. Tug‘uruqning tabiiy yoki operasiya yo‘li bilan amalga oshirilishi bolaning taxminiy o‘lchami, onaning chanoq o‘lchami kabi omillarga bog‘liq.