x

Chaqaloqning odatdagidan kam uxlashiga nima sabab bo'ladi?

Meʼyordagidan kam uyqu asosan markaziy asab tizimining perinatal zararlanishi bor chaqaloqlarda kuzatiladi. 

Masalan homiladorlikning oxirgi davri yoki tug'uruq paytida ona salomatligi bilan bog'liq muammolar yuzaga kelsa yoki infeksiya yuqtirgan holda dunyoga kelsa, tug'uruqxonadan chiqqach, unda uyqu buzilishi holati uchraydi.

Odatda yangi go'dak bir sutkada 18 soatgacha uxlaydi. Agar u 14-16 soat dam olayotgan bo'lsa, bu ham meʼyor hisoblanadi. Biroq 14 soatdan kamligi uyqu buzilishidir.

Shuningdek, 5-9 oylik bolalar o'rtacha 15-16 soat, 10 oylikdan 2 yoshgacha bo'lgan chaqaloqlar 12-13 soat uxlaydi. Vaqt o'tgan sari esa kunduzgiga nisbatan tunda ko'proq orom oladi.

‼️ Bilish lozimki, uyqu vaqtida go'dakning qoniga somatotropin gormonining 90 foizi ajralib chiqadi. U chaqaloqning jismoniy rivojlanishini taʼminlaydi.

To Top ↑
To Top ↑