x

Farg`onada belaruslik shifokorlar tomonidan tug`ma yurak nuqsoni bo`lgan bolalar operatsiya qilindi

Yurtimizda O`zbekiston – Belarus' sog`liqni saqlash va tibbiyot ta'limi kunlari bo`lib o`tmoqda.

Uning doirasida Farg`ona viloyat ko`p tarmoqli tibbiyot markazida ushbu mamlakat shifokorlari ishtirokida tibbiy ko`rik, yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari, mahorat darslari, konsilium va seminarlar tashkil etilmoqda.

Bugun, aktsiya oldidan ochilish tadbiri o`tkazilib, so`ng, viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan bolalar uchun Minsk shahridagi Respublika bolalar xirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan tibbiy ko`rik amalga oshirildi. 

Shu kunning o`zida xorijlik va mahalliy mutaxassislar hamkorligida 2 nafar tug`ma yurak nuqsoni bo`lgan bolalarda murakkab jarrohlik amaliyoti bajarildi.

Sog`liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

To Top ↑
To Top ↑