x

Kattalarda tomoq ogʻrigʻining 50-95 va bolalarda 70 foizi viruslar tufayli kelib chiqadi: bular adenoviruslar, gripp va gerpes viruslaridir. 20 foizdan kamroq holatlarda tomoqdagi ogʻriqning sababi bakteriyalar, ulardan eng koʻp holatlarda streptokokklar va stafilokokklar boʻlishi mumkin. Qolaversa, oʻta sovuq yoki oʻta issiq harorat, ifloslangan havo, sovuq taomlar va ichimliklar, kimyoviy moddalar, chekish ham tomoq ogʻrigʻiga sabab boʻlishi mumkin. Bu borada eng yaxshi profilaktika – gigiyenaga eʼtibor berishdir. Sogʻlom turmush tarzi organizmning yuqumli kasalliklarga va boshqa kasalliklarga nisbatan yuqoriroq kurashish qobiliyatini taʼminlashi mumkin.

To Top ↑
To Top ↑