Bolalarda gijjalar paydo bo`lishi eng katta xavf-xatarlardan biridir. Organizmda bunday parazitlarning paydo bo`lishi bolaning rivojlanishiga yomon ta'sir ko`rsatishidan tashqari, ovqat hazm qilish tizimida ham namoyon bo`ladi.
Shifokorlarning hisob-kitobiga ko`ra, har 10 bolaning 8 nafarida parazitlar aniqlanadi. Lekin gijjalarning alomatlari hammada ham namoyon bo`lavermaydi. Ko`pchilik bolalarda gijjalar yashirin shaklda paydo bo`ladi.
Gijjalar bola organizmiga qanday tushadi?
Bolalarda me'da-ichak yo`llari mutlaqo himoyasiz bo`lgani uchun, uning bu sohadagi ta'sirlarga duchor bo`lish va yuqtirish imkoniyati kattaroq bo`ladi.
Bakteriyalarning bola organizmiga tushishi asosiy variantlari: uy hayvonlari, sifatsiz oziq-ovqatlar (go`sht, baliq, sut, sabzavotlar va boshqalar) orqali. Shuningdek, asosiy sabab – bolaning shaxsiy gigiyenasi buzilishi.
Bolalarda gijjalar paydo bo`lgani alomatlari
-ko`ngil aynishi
-so`lak ajralishi
-kindik atrofidagi og`riqlar
-ich kelishining izdan chiqishi
-tez charchab qolish
-tez-tez bosh og`rishi
-uyqusida tishini g`ijirlatishi
-bezovta uyqu
dermatit ko`rinishidagi teri reaktsiyalari
Bu masalada bolaning va uning oilasidagi boshqa a'zolarning shaxsiy gigiyenaga rioya qilishi juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun bu sizning kun tartibingizdagi eng muhim ishlardan biri bo`lishi lozim.
Shuningdek bolaning uy hayvonlari bilan bo`lgan aloqasini cheklash ham juda muhim hisoblanadi va agar bunga yo`l qo`yilsa, unda bunga o`xshash aloqalardan keyin gigiyena qoidalariga rioya qilish juda muhim.