Sovuq boshlandi, sovuq tushganda – virusli yuqumli kasalliklarning navbatdagi kuchayishi yuzaga keladi. Kasallikning eng ko`p uchraydigan va yoqimsiz ko`rinishlaridan biri yo`taldir. U kichkintoyni charchatadi, unga normal o`ynash, uxlash, ovqat eyishga imkon bermaydi. Kichkintoyga qanday yordam berish kerak?
Yo`tal birinchi navbatda organizmning himoya reaktsiyasi ekanligini unutmaslik lozim. Nafas olish yo`llarining shilliq pardalarida juda ko`p sezgir hujayralar bor. Ularga ta'sir qilinganda, yo`tal itarishi yuzaga keladi. Bolalarda yo`talni keltirib chiqaruvchi eng ko`p tarqalgan ta'sir etuvchi omil – shilliq bo`ladi, u burun yo`llarini tozalaydi va namlaydi. Shamollaganda u ko`payib, tomoqning orqa devorida yig`iladi va yo`talni keltirib chiqaradi. Lekin bu sabablardan bittasi. Yo`talni chang, yuqumli kasallik, bakteriyalar sabab bo`lishi mumkin. Yo`tal kasallik alomati bo`lib, udan tezroq qutulishni xohlaymiz. Lekin boshqa tomondan, u nafas olish yo`llarini tozalaydi. Kichkintoy uchun, yo`talni yo`q qilmay, balg`amni tezroq chiqarishi uchun hamma narsa qilish kerak. Chunki, ma'lum anatomik va fiziologik xususiyatlari tufayli kichik bolalarda yo`tal refleksi hali to`liq shakllanmagan. Shuning uchun kichik bolalarda yo`tal (yig`ilib qolgan balg`amning chiqishi uchun) etarli bo`lmasligi mumkin. Yo`tal bilan zinhor «hazillashmang», imkoni boricha tezroq choralarni ko`ring. Shuningdek, uning alomatlariga qarab, yo`tal turlicha bo`lishini, shuning uchun uni davolashga yondashuv ham turlicha bo`lishi kerakligini unutmaslik muhim.
Quruq yo`tal
Vovullovchi, to`xtamaydigan, achishtiruvchi, balg`amsiz yo`tal. Tomoqda qichishish, nimanidir chiqarib tashlashga intilish bo`ladi. Bola faqat kunduzi yoki faqat kechasi, vaqt-vaqti bilan yoki xuruj shaklida yo`talishi mumkin. Ota-onalar bolada quruq yo`tal nafas olish yo`llarida yallig`lanish yoki achishish mavjudligi haqidagi signal ekanligini unutmasligi kerak. Hech qaysi holatda unga e'tibor bermaslik mumkin emas!
Qanday yordam berish kerak?
Quruq yo`talni yumshatishga achishtirishni yo`qotadigan preparatlar yordam beradi, ular yuqumli kasallikka qarshi kurashib, uning nafas yo`llariga chuqurlashuviga imkon bermaydi. Masalan, Gerbion Islandckiy mox siropi. Island yo`sini quyuq ekstraktining tarkibiga kiruvchi shilliq yuqori nafas olish yo`llarining shilliq pardasini qoplab, tinchlantiruvchi ta'sir etadigan himoya qatlamini yaratadi, shu sababli quruq achishtiruvchi yo`tal yumshab boradi, va tomoq tinchlanadi. Bundan tashqari, Island yo`sini ekstraktining shillig`i og`iz va burun bo`shlig`ining achishayotgan va quruq shiliq pardalarini namlaydi. Bu vosita shuningdek immunitetni kuchaytiruvchi, antibakterial va yallig`lanishga qarshi ta'sir etadi. Shuning uchun u nafaqat quruq yo`talni tinchlantiradi, balki kasallik sababi yo`qolishiga yordam beradi. Quruq yo`talga qarshi kurashda Gerbion Podorojnik siropi ham yaxshi yordam beradi. Gerbion Podorojnik siropi tarkibidagi zubturum va gulxayri ekstraktining tarkibiga kiruvchi shilliq tufayli u shilliq pardalarni qoplaydi, charchatuvchi yo`talni tinchlantiradi. Tabiiy antibiotik aukubin yallig`lanishni kamaytiradi, S vitamini esa sog`ayishga yordam beradi.
Nam yo`tal
Bunday yo`tal chiqarib tashlash qiyin bo`lgan ko`p miqdordagi balg`am bilan rivojlanadi. Odatda yo`tal ovozi asta-sekin kuchayadi, keyin yo`tal to`xtaydi — «balg`am chiqib ketadi». Nam yo`talda Gerbion Pervotsvet siropi va Gerbion Plyusch siropi, o`simlik preparatlari yordam berishi mumkin. Alohida tarkibi hisobiga ular keng ta'sir etish doirasiga ega — balg`amni suyultiradi, uning chiqarilishini ta'minlaydi, bronxlar spazmlarini yo`qotadi va shu bilan nafas olishni osonlashtiradi. Gerbion siroplari samarali o`simlik preparatlari bo`lib, yuqori sifatli xom ashyodan tayyorlanadi. Ularning yoqimli tabiiy ta'mi bor, Gerbion Plyusch siropi tarkibida esa shakar yo`q, shuning uchun uni hatto eng kichik bolalarga ham berish mumkin.
Qo`llanilishi: Gerbion Islandskiy mox va Gerbion Podorojnik siroplari: yuqori nafas yo`llarining engil yallig`lanishi va og`iz-tomoq shilliq qavatining ta'sirlanishi, shu jumladan ta'sirlanish va quruq yo`tal. Gerbion Plyusch va Gerbion Pervotsvet siroplari: yo`tal, balg`amni ko`p xosil bo`lishi va nafasni qiyinlashishi bilan birga kechuvchi nafas yo`llarining o`tkir yallig`lanish kasalliklari.
Gerbion Plyusch siropi 0 yoshdan, Gerbion Islandskiy mox siropi 1 yoshdan, Gerbion Podorojnik siropi 2 yoshdan, Gerbion Pervotsvet siropi 4 yoshdan qo`llaniladi.