x

Ko`kyo`tal — nafas yo`lining juda xavfli bakterial infektsiyasi hisoblanib, uning qo`zg`atuvchisi Bordetella pertussis bakteriyasidir. Infektsiyaga yo`liqqan kishi yo`talishi yoki aksa urishi oqibatida havoga mikrob tarqaladi va shu yaqin atrofda nafas olgan odam zararlanadi.

Emlash jarayonlari boshlangunga qadar ko`kyo`tal faqatgina bolalarga xos kasallik deb hisoblangan.

Hozirgi kunda ushbu xastalikni birinchi navbatda vaktsinatsiyaning to`liq davridan o`tmagan chaqaloqlar hamda immuniteti zaif bo`lgan o`smir va kattalar boshdan o`tkazishadi. Olimlarning ta'kidlashicha, emlashning amal qilish muddati  — taxminan 4-14 yil. Qancha ko`p vaqt o`tsa, kasallanish ehtimoli ham yuqorilashib boradi.

Ko`kyo`taldan asosan yoshga etmagan chaqaloqlar nobud bo`ladi. Shuning uchun homilador ayollar va chaqaloq yaqinida bo`ladigan kishilarning kasallikdan emlangan bo`lishi juda katta ahamiyatga ega.

Ko`kyo`talni qanday aniqlash mumkin?

Avvaliga xuddi shamollashniki kabi alomatlar paydo bo`la boshlaydi:

yo`tal;

aksirish;

tumov;

harorat ko`tarilishi, eng ko`pida 38,9 °C gacha;

ba'zi holatlarda ich ketishi.

Qariyb 7-10 kun o`tib, yo`tal xurujlari yomonlashadi va davom etadi. Ular hatto qusish, kuchli holsizlik va keskinlashuv natijasida yuzning qizarib yoki ko`karib ketishiga olib kelishi mumkin.

Hasta kishilarda bo`g`imlar torayishi sababli tez-tez yuz-bo`yin sohasida shishlar kuzatiladi. Teri va ko`z shilliq qavatida qon quyilishlarini ham boshdan kechirish mumkin. Asabiy ta'sirchanlik ortishi nevroz va bosh aylanishini qo`zg`atishi ham amaliyotda kuzatilgan. Hatto ba'zida kuchli yo`tal bolalarni hushidan ketkizadi. Bu davr 30 kungacha davom etadi.

Hurujlar aksariyat odamlarda kuzatiladi, lekin bu hammada degani emas. Chaqaloqlar umuman yo`talmasligi, ammo bu holatda og`zini tez-tez ochib havo olib turishi, hansirashi mumkin. Hurujning bu turi vaqtincha nafas tizimidagi uzilishlarga va titratuvchi tutqanoqqa sabab bo`lishi ehtimoli bor.

Qachon shifokorga murojaat etish kerak?

Agar yo`tal kuchayganini sezsangiz, zudlik bilan terapevtga, yosh bolalarni esa pediatr huzuriga olib boring.

Avvalgi bosqichlarda ko`kyo`talni aniqlash birmuncha qiyin kechadi. Alomatlar shamollash, gripp va bronxitnikiga o`xshash. Shuning uchun shifokor bemorga qon tahlili va ko`krak qafasi rentgenini o`tkazishni buyurishi mumkin.

Yo`tal xuruji davomida bemor nafas qisilishlariga duch kelsa, o`ylab o`tirmay tez yordam chaqirish kerak.

Bunda bemorni vahimaga tushgan va tomog`ini ushlab olgan holatda ko`rishimiz mumkin. Teri ozroq ko`kara boshlaydi. Lekin asosiy belgi — u hansirashni boshlaydi.

Ko`kyo`tal qanday davolanadi?

Chaqaloqlarni odatda kasalxonada olib qolishadi, qolganlar uyda sog`ayishlari mumkin.

Asosiy usullar ikkitagacha kamaytiriladi.

1. Dorilar qabul qilish

Infektsiya tarqalishini to`xtatish uchun doktor antibiotiklar yozadi. Ular bakteriyalarni parchalaydi, ammo kasallik alomatlarini bartaraf etolmaydi. Haroratni tushirishda retseptsiz beriladigan og`riq qoldiruvchilar — paratsetamol yoki ibuprofen qabul qilish mumkin.

Yo`tal uchun mo`ljallangan tabletkalar esa odatda ko`kyo`talda yordam bera olmaydi.

2. Rejimga amal qilish

Kasallik davrida to`g`ri hayot tarzini yuritish juda muhim ahamiyatga ega.

Bemorga dam olish, yuqori harorat kuzatilmagan vaqtda esa engil sayr tavsiya etiladi. Asab tizimi o`ta taranglashishi bois jahlni chiqaruvchi barcha omillardan saqlanadi. Chiroq nuri ham yumshoq va tarqoq bo`lishi kerak. Baland ovozdagi musiqa, suhbat yoki televizor shovqini taqiqlanadi.

Quyida tezroq sog`ayishga oid bir necha tavsiyalar:

Yuqori harorat natijasida chanqash hissi oshishiga yo`l qo`ymaslikka harakat qiling. Ko`p miqdorda suyuqlik ichish kerak. Eng yaxshi tanlov — suv, meva sharbati va quruq qaynatma sho`rva.

Tez-tez, oz-ozdan tanovul qiling. Ko`p ovqat eyish yo`tal vaqtida qayt qilishga olib kelishi mumkin.

Honada havo namlantiruvchi vositadan foydalaning. Bu yo`talni bosishda yordam beradi.

Bemorning xonasidagi havo musaffo bo`lishiga harakat qilish kerak. Binoda chekish, kuchli iforli duxi yoki havo spreylaridan foydalanish tavsiya etilmaydi — tomoqni qirishi mumkin. Honani iloji boricha ko`proq shamollatib turish kerak.

Infektsiya yuqishidan saqlaning. Qo`lingizni sovunlab yuving, tibbiyot niqobidan foydalaning va suhbat davomida og`zingizni salfetka bilan yopib oling.

Qanday qilib ko`kyo`talning oldini olish mumkin?

Eng samarali yo`li — AKDS emlash.

AKDS —  adsorbirlangan ko`k yo`tal-difteriya-stolbnyak vaktsinasi, demak, emlashning ta'siri bir vaqtning o`zida uchta qo`rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.

AKDS kopleksli vaktsinasi, rioya etilishi zarur bo`lgan  qat'iy o`rnatilgan tanaffuslar bilan ko`p marta yuboriladi (birlamchi kurs doirasi uchun eng kamida 30 kun). Emlashlar Milliy taqvimiga ko`ra, AKDS vaktsinalash chaqaloqlar 2, 3 va 4 oylik bo`lganda bir martadan 3 marta, so`ngra 16 oylikda, 7 va 16 yoshda bir martadan takrorlanadi.

To Top ↑
To Top ↑