Sog`liqni saqlash vazirligi taklifiga ko`ra yurtimizga kelgan amerikalik shifokorlar shu yilning 10 sentyabridan Qoraqalpog`iston Respublikasida tug`ma yurak nuqsoni bor bolalarda murakkab kardiojarrohlik amaliyotlarini o`tkazmoqda.
Ushbu aktsiya sentyabr' oyi oxirigacha davom etishi belgilangan. Buning natijasida yuragida tug`ma nuqsoni bo`lgan 50 nafar jajji bemor ochiq usuldagi operatsiyalar orqali og`ir darddan xalos bo`lishi kutilyapti.
ozirgacha ulardan 22 nafari muvaffaqiyatli o`tkazilgan amaliyotlar orqali oilasi bag`riga sog`-salomat qaytdi.
AQShning “Global Cardiac Alliance” fondi rahbari, professor Uillyam Novik rahbarligidagi etuk kardiojarrohlar guruhiga O`zbekiston Respublikasi Bolalar milliy tibbiyot markazi direktori Maqsud Saidov, markaz mutaxassislari, Qoraqalpog`iston tibbiyot instituti shifokorlari, klinik ordinatorlar, magistrlar yaqindan ko`maklashmoqda.