Ko‘rinishidan xodunok xavfsizdek tuyuladi, aslida ham shundaymi?
Oyoqlarga va umurtqaga ta‘siri - bola hali yurishga tayyor emas, lekin xodunokda tik yurganda butun tana og‘irligi oyoqlarga tushadi va oyoqlarda maymoqlik va yassioyoqlik rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Muddatidan avval tik yurish umurtqa pog‘onasida ham deformatsiyalar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi.
Muvozanatga ta’siri - xodunokda bola muvozanatini xodunok ta’minlaydi va muvozanat organi yaxshi rivojlanmaydi.
Yurishga ta’siri - xodunokda yurganda bola emaklash bosqichini o‘tkazib yuboradi. Oqibatda muskul va paylar yaxshi rivojlanmaydi. Bu esa yurishni kechikishiga sabab bo‘ladi.
Bolani xodunokda yuritib, undagi tabiiy jarayonlar kechikishiga sababchi bo‘lmang!