1. Chaqaloqni 6 oyga qadar faqat ko`krak suti bilan emizish.
2. Tug`ilgan chaqaloqni kamida 1 yoshgacha ko`krak suti va yoshiga mos qo`shimcha ovqat bilan oziqlantirish.
3. Qo`shimcha ovqat berish boshlanganida tuzli va shakarli eguliklardan bolaning 7 yoshiga qadar voz kechish.
4. Bog`cha, maktab yoshidagi bolalarga yog`li shirinliklarni bermaslik.
5. Ertalabki nonushtani to`yimli va foydali eguliklar bilan o`tkazish.
6. Chala pishgan, tez pishadigan va oson hazm bo`ladigan eguliklarni bermaslik.
7. Chips, pista, bodroq kabi «engil» deb hisoblanadigan, aslida esa, yuqori kaloriyaga ega eguliklarning o`rniga meva-sabzavotlarni eb yurishga odatlantirish.
Nima uchun o`smirlar va yosh bolalar orasida ortiqcha vazn holatlari kuzatilmoqda?
Chindan ham ortqicha vazn bilan kurashayotganlar orasida 10-11 yoshli bolalar yo`q emas. Bu yoshdagi bolalarning vazni o`rtacha 35-40 kilogramm bo`lishi kerak, ularning vazni esa 70-80 kilogrammagacha boradi. Buni ota-onalarning farzandlarini noto`g`ri ovqatlanish tartibi bilan bog`lash mumkin. Chunki ota-onalar biror yutuqqa erishgan, maktabdan a'lo baho olib kelgan farzandini xursand qilish maqsadida ularni qayerga olib boradi? Albatta, fastfudlar (kartoshka fri, gamburger, pitsa) tayyorlanadigan joylarga. Bora-bora bu odat tusiga aylanib, bolada muntazam ravishda shunday oziq-ovqatlarni iste'mol qilishga moyillik paydo bo`ladi. E'tibor berilsa, bugungi kunda aksar bolalar uyda tayyorlanagan mastava, sho`rva kabi taomlarni xushlab tanovul qilmaydi, fastfudlar esa jon-u dili.
Bolalarning noto`g`ri ovqatlanishida yana bir muhim jihat mavjud. Bu ularning televizor ko`rgan holda ovqatlanishidir. Bola televizor, telefon ko`rib ovqat er ekan, miya oshqozonga ovqat kelyapti, degan signalni berishga ulgurmaydi va egan ovqati me'yor bilan hazm ham bo`lmaydi.
Ota-onalarning yo`l qo`yadigan xatosi — farzandlari xafa bo`lganda ham, xursand bo`lganda ham ularni faqat ovqat bilan yupatish, hayotning ajralmas qismi sifatida qabul qilish fikrining shakllanishiga hissa qo`shish. Bu ota-onalarda odat tusiga aylanib ulgurgan. Masalan, ovqatlanib bo`lgan zahoti kutilmaganda bir do`stingiz qo`ng`iroq qilib ko`rishishni taklif qilsa, qayerga yo`l olasiz, shubhasiz, restoranlarga. Garchi qorin to`q bo`lsa ham, ovqat eyish an'anasi bor. Ayniqsa, to`y dasturxonlarida 5-6 ovqat tortiladi. Buning salbiy oqibatlari haqida hamma ham bosh qotirmaydi. 95 foiz kasalliklar noto`g`ri ovqatlanish va yuqori uglevodli mahsulotlarni iste'mol qilishdan kelib chiqadi.