Chaqaloqlarda fetal gemoglobinnni etuk gemoglobinga almashinish jarayoni ro`y beradi. Bunda jigar fetal gemoglobindan hosil bo`lgan bilrubinni bog`lashga ulgura olmaydi.
Qo`shimcha belgilari yuqori uyquchanlik va ishtahani pasayishi.
– qondagi yuqori darajali bilirubin hisobiga, teri va ko`z shilliq qavatlarining sariq rangga bo`yalishi.
Teridagi sariqlik chaqaloq hayotining 3-4 kunlari yaqqol ko`zga tashlanadi va sariqlik 7-8 kun saqlanib qoladi.
Chaqaloq organizmidagi ferment sistema to`liq ishlaganida teri rangi och-pushti holatda saqlanadi.
Bu holat fiziologik - davolash shart emas.
Odatda fiziologik sariqlik bola hayotining 14-kunigacha o`tib ketishi kerak. Agar shu vaqtgacha sariqlik yo`qolmasa, bolani pediatr ko`rigiga olib borish zarur.