x

Hukumat qarori bilan 2024 yil 1 oktyabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda «Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati» ishlab chiqiladi.

«Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. 

Qaror bilan Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarini ishlab chiqish hamda joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

2024 yil 1 oktyabrgacha ta’lim sohasidagi atamalarning xalqaro darajada qabul qilingan atamalarga muvofiqligini ta’minlagan holda “Uzluksiz ta’lim tizimining izohli lug‘ati” ishlab chiqiladi.

Shuningdek, davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqishda quyidagilar inobatga olinadi: 

tegishli ta’lim bosqichi yakunida ta’lim oluvchilarda shakllanishi lozim bo‘lgan kompetensiyalarni davlat, jamiyat va mehnat bozori talablarini inobatga olgan holda belgilash; 
ta’lim turlari uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, maqsad va vazifalarni ta’lim natijadorligiga yo‘naltirish; 
ta’lim oluvchilarda atrof muhitni asrab-avaylash va muqobil energiya manbalaridan samarali foydalanish mas’uliyatini shakllantirish. 
Ta’lim natijalarining xalqaro miqyosda tan olinishini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda mavjud ta’lim turlari YUNЕSKOning «Ta’limning xalqaro standart tasniflagichi» darajalari bilan muvofiqlashtiriladi.

2024 yil 1 avgustgacha dts.uz – Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablarining yagona ochiq muhokama portali ishga tushiriladi.

To Top ↑
To Top ↑