x

2024-yil 1-yanvardan maktab direktorlarini har 5 yilda bir marotaba kasbiy sertifikatsiyalash tizimi joriy etiladi.

Bunda, sertifikatsiyadan oʻta olmagan direktorlar belgilangan tartibda lavozimidan ozod etiladi.

Farmonga muvofiq, quyidagilar bekor qilinadi:

— ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlarini lavozimga tayinlashda tuman (shahar) ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan tavsiya berish amaliyoti;

— jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilarini ishga qabul qilishda sport sohasidagi vakolatli davlat organining hududiy boʻlimlari hamda sport maktablari metodistlari tomonidan yoʻllanma berish tartibi.

2024-yil 1-yanvardan:

— bola tugʻilganidan soʻng, doimiy yashash manzilidagi mikrohududga biriktirilgan maktabda onlayn hisobga qoʻyiladi;

— maktablarning har oʻquv yili uchun qabul rejasi my.maktab.uz elektron platformasida shakllantiriladi.

Shuningdek, 2023/2024-oʻquv yilidan “Sirdaryo tajribasi” asosida har bitta hududda bittadan zamonaviy “Barkamol avlod” bolalar maktablari tashkil qilinadi.

To Top ↑
To Top ↑