O‘zbekiston qonunchiligida 2024-yil 1-yanvardan bir qator o‘zgarish va yangiliklar kuchga kiradi. Jumladan, Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir va Xonqa tumanlarida eksperiment tariqasida, barcha boshlang‘ich sinf o‘quvchilari taʼlim planshetlari bilan taʼminlanadi.
Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilariga oqsil, vitamin va minerallar bilan boyitilgan sut, yod bilan to‘yintirilgan non mahsulotlari berilishi yo‘lga qo‘yiladi
Nodavlat umumiy o‘rta taʼlim tashkilotlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun bank kreditlari bo‘yicha foiz stavkalarining bir qismini qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi.