O'rta-maxsus ta'lim
Frantsiyadagi maktablarda abaya – butun tanani qoplaydigan an'anaviy musulmon libosini kiyish taqiqlanmoqda. Bu haqda Frantsiya ta'lim vaziri Gabriel' Attal' mahalliy televideniye efirida aytib o`tdi.
“Sinfga kirganingizda o`quvchilarga shunchaki qarab bo`lmaydi va ular qaysi dinga e'tiqod qilishlarini ayta olasiz”, deydi Attal'.
Uning ta'kidlashicha, kelgusi hafta u maktab rahbarlari bilan ushbu taqiqni qanday amalga oshirishni muhokama qiladi. Qoidalar yangi o`quv yilidan boshlab – 4 sentyabrdan kuchga kirishi kutilmoqda.
Bu qaror bir necha oy davom etgan bahs-munozaralardan so`ng qabul qilingan va mamlakatdagi besh millionlik musulmon jamoatchiligidan ko`pchilikning e'tiroziga sabab bo`lishi kutilmoqda.
2004 yil 15 martdan boshlab Frantsiya ta'lim muassasalarida diniy ramz yoki diniy e'tiqodni aks ettiruvchi kiyim kiyish qonuniy ravishda taqiqlangan.