x

Agar farzandingiz ovqatni erga to`kib yuborsa, yiqilib ust-boshini kir qilib kelsa, oshxonada biror idishni sindirib qo`ysa, «Bu nima qilganing?!» deya o`davaylab ketmang.

Undan nega bunday qilganining sababini so`rang. Aslida nima bo`lganini aytib berishiga imkon bering. Yo`qsa, bola keyinchalik «Baribir menga ishonishmaydi», deya qilmagan ishlari uchun ham sukut saqlayveradi.

Farzandlarga ta'lim-tarbiya berish ularga nafaka berishdan-da ustundir. Chunki nafaqa berishni xamma ham uddalayapti...

Bolalar kattalarga uy ishlarida yordam berishganda, ular o`zlarini to`lik oila a'zolari sifatida his qilishadi.

Farzandlaringizga murakkab bo`lmagan uy yumushlarda yordam berishlarini iltimos qiling. Bu ularni mexnatga ham rag`batlantiradi. Misol uchun:

Piyolangni oshxonaga olib borib ko`y, o`zimning polvonim. 

Kosang va qoshig`ingni olib, menga oshxonaga olib borishga yordamlashib yuborgin, qizim.

Kel, gullarga birgalikda suv quyamiz. kitoblarni javonga taxlab ko`y, biram chiroyli joylashtirasan.

Bolani robotga aylantirmang

Farzandingizga yutuq va muvaffaqiyatlarini eslatib turing. Bu uning kelajakdagi g`alabalari uchun turtki (motivatsiya) bo`lib xizmat qiladi.

Farzandingizni haddan ortiq itoatkor qilib tarbiyalashga harakat qilmang. Bunday farzandlar katta bo`lganlarida hech narsaga erisha olmaydilar. Buning sababi doim o`zgalarning fikrlariga, maslaxatlariga amal qilib yashashlaridir. Chunki yoshligidan fakat itoat qilishga o`rgangan bo`lishadi. Yanada ochiqroq aytadigan bo`lsak, fakat buyrukni bajarishga o`rgatib qo`ymang. Mustaqil fikrga

ega bo`lsin, qarorlar qabul qila olsin. Siz uni yaxshilikka buyurmoqchi bo`lsangiz, bir nechta imkoniyatlarni taqdim eting, uning o`zi tanlasin. Qisqasi, bolani robotga aylantirmang. Unga ta'lim-tarbiya bering, albatta. Amalga kelganda o`zi harakat qilsin.

Urishib qolsa... 

Farzandingiz ukasi bilan urishib qolsa yoki singlisini yig`latsa, unga baqirishga yoki tanbex berishga shoshilmang.

Farzandingizga: «Sen kattasan-ku, o`g`lim (kizim), aqlli yigitsan (kizsan), ukalaringni xafa kilma, xo`pmi? Men senga ishonaman», - deya bag`ringizga bosing. Shunda ukasi yo singlisiga nisbatan muxabbati oshadi. Agar kichkina farzandlaringizni deb katta farzandingizga baqiraversangiz, o`z ukasi yo singlisini yomon ko`rib qoladi.

 

To Top ↑
To Top ↑